BESHINCHI Bo`LIM
 
DAVLAT HOKIMIYATINING
TASHKIL ETILISHI
 
XVIII  bob
 
o`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
 
76-modda. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan  Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati  besh yil.


77-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo`lib, Senat a`zolaridan (senatorlardan) iborat.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan  Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda  olti kishidan saylanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n olti nafar a`zosi fan, sanat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bolgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining  Qonunchilik palatasi deputati va Senati a`zosi bo`lishi mumkin emas.


78-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi  vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga ozgartish va qo`shimchalar kiritish;
2) O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini,  qonunlarini qabul qilish, ularga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish;
3) O`zbekiston Respublikasining referendumini o`tkazish to`g`risida va uni o`tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
4) O`zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo`nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
5) O`zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
6) O`zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O`zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 
7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo`li bilan tartibga solish;
8) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish;
9) soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni joriy qilish;
10) O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish, chegaralarini o`zgartirish;
11) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o`zgartirish;
12) davlat mukofotlari va unvonlarini tasis etish;
13) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo`mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda  tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;
14) O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
15) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko`rib chiqish va tasdiqlash;
16) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili  va uning o`rinbosarini saylash;
17) O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko`rib chiqish;
18) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e`lon qilish to`g`risidagi farmonini tasdiqlash;
19) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e`lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;
20) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 
21) ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so`ngra Senatida ko`rib chiqiladi.


79-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash;
2) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish;
3) o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan  qarorlar qabul qilish;
4) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.



80-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
1) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o`rinbosarlarini, qo`mitalarning raislari va ularning o`rinbosarlarini saylash;
2) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
4) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudini saylash;
5) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisini  tayinlash hamda uni lavozimidan  ozod etish;
6) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Bosh  prokurori va uning o`rinbosarlarini  tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to`g`risidagi farmonlarini tasdiqlash;
8) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan  Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini  tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
10) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to`g`risidagi masalalarni hal etish;
12) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisining, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) o`z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki  tartib- qoidalari bilan bog`liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot soasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.


81-modda. Vakolat muddati tugagach, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va  Senati ish boshlaguniga qadar o`z faoliyatini davom ettirib turadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay  va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o`tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta otkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan bo`lsa, vakolatli hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi  ishtirok etishi shart.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a`zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy  xo`jalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis otkazadilar.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlislari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so`zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so`zlaganda o`tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo`shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o`tkazilishi mumkin.


82-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o`z vakolatlariga kiritilgan  masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a`zolari umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


83-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, o`z davlat hokimiyatining oliy vakillik  organi orqali Qoraqalpog`iston Respublikasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi sub`yektlari tomonidan onun loyihasini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali  amalga oshiriladi.


84-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma`qullanib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e`lon qilingach, yuridik kuchga ega bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan etiboran o`n kundan kechiktirmay O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma`qullagan qonun imzolanishi va e`lon qilinishi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga o`n kun ichida  yuboriladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o`ttiz kun ichida imzolanadi va e`lon qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Agar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko`rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan qonunni yana maqullasa, qonun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e`lon qilinishi uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin.  Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko`rib chiqilishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o`z e`tirozlari bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda  tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va  Senati a`zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan ma`qullansa, qonun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o`n to`rt kun ichida imzolanishi va e`lon qilinishi kerak.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e`lon qilinishi ular qo`llanilishining majburiy shartidir.


85-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o`z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o`rinbosarlarini saylaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o`o`rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko`prog`ining  ovozi bilan  qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunchilik palatasi qo`mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga  hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog`liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
6) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va ozga tashkilotlar bilan o`zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko`radi;
7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.


86-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o`z tarkibidan Senat Raisi va uning o`rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o`rinbosarlaridan biri Qoraqalpogiston Respublikasining vakili bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o`rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko`pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko`prog`ining ovozi bilan  qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini chaqiradi,  ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Senat qo`mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
4) O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog`liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko`radi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.


87-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko`rib chiqish va tayyorlash, O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o`z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo`mitalarni saylaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko`rib chiqish va tayyorlash, O`zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o`z  vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan  qo`mitalarni saylaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo`lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.


88-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a`zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik  faoliyati bilan bog`liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a`zolari o`z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug`ullanishlari mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati azosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma`muriy jazo choralariga  tortilishi mumkin emas.
 
 
XIX  bob
 
 
o`zbekiston Respublikasining Prezidenti
 
89-modda. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligidir.


90-modda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o`ttiz besh yoshdan kichik bo`lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O`zbekiston hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Ozbekiston Respublikasining Prezidenti bo`lishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O`zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.


91-modda. Prezident o`z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to`lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo`lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.


92-modda. Prezident O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig`ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o`z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
"O`zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".


93-modda. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O`zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) O`zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko`radi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi nomidan ish ko`radi;
4) muzokaralar olib boradi hamda O`zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taminlaydi;
5) o`z huzurida akkreditatsiyadan o`tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 
7) O`zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma`ruzalar taqdim etadi;
8) ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjiat ishlashini ta`minlaydi;  vazirliklar, davlat qo`mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari  tasdig`iga kiritadi; 
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10) O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;
11) O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a`zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;
12) O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o`rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig`iga kiritadi;
13) O`zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining   Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo`jalik sudi raisi va sudyalari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy  va xo`jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; 
15) viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdig`iga kiritadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o`z sha`ni va qadr-qimmatiga dog` tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o`z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;
16) respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to`xtatadi, bekor qiladi;
17) O`zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e`lon qiladi; qonunga o`z e`tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo`yish uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O`zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug`ilganda urush holati e`lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig`iga kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taminlashni kozlab, Ozbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qomondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qomondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) O`zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligi bilan mukofotlaydi, O`zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O`zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24) O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini  tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini  tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig`iga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va O`zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan  boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o`z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.


94-modda. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo`lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.


95-modda. Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo`lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo`lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat  qabul qilgan qarori asosida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.


96-modda. O`zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o`z vazifasini bajara olmasligi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qo`shma qaroriga ko`ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o`n kun muddat ichida  palatalarning qo`shma favqulodda yig`ilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha bo`lgan muddatga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o`tkazilishi shart.

97-modda. Vakolati tugashi munosabati bilan iste`foga chiqqan Prezident umrbod Senat a`zosi lavozimini egallaydi.
XX  bob
 
Vazirlar Mahkamasi
 
98-modda.  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o`rinbosarlari, vazirlar, davlat qo`mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog`iston Respublikasi hukumatining boshlig`i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o`z lavozimi bo`yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a`zolari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma`naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taminlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi. 
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o`z faoliyatida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida o`z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
 
XXI  bob
 
Mahalliy davlat hokimiyati asoslari
 

99-modda. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo`ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bolib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab o`z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.


100-modda. Mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi:
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; 
mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig`imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg`armalarni hosil qilish;
mahalliy kommunal xo`jalikka rahbarlik qilish;
atrof muhitni muhofaza qilish;
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O`zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


101-modda. Mahalliy hokimiyat organlari O`zbekiston Respublikasining qonunlarini, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.
YUqori organlarning o`zlariga berilgan vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari quyi organlar ijro etishi uchun majburiydir. 
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati  5 yil.


102-modda. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo`ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


103-modda. Viloyat, tuman va shahar hokimlari o`z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o`zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.


104-modda. Hokim o`ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo`lgan qarorlar qabul qiladi.


105-modda. Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig`inlari o`zini o`zi boshqarish organlari bo`lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
O`zini o`zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
 
XXII  bob
 
o`zbekiston Respublikasining
sud hokimiyati
 
106-modda. O`zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.


107-modda. O`zbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha oliy sudlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi xo`jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha tumanlararo,  tuman, shahar sudlari, harbiy va xo`jalik sudlaridan iborat.
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko`rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yo`l qo`yilmaydi.


108-modda. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko`radi.
Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan Konstitutsiyaviy sud raisi, rais o`rinbosari va sudyalaridan, shu jumladan Qoraqalpog`iston Respublikasining vakilidan iborat tarkibda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a`zolari deputat bo`la olmaydilar.
Konstitutsiyaviy sudning raisi va a`zolari siyosiy partiyalar va harakatlarning a`zosi bolishlari va boshqa haq to`lanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.
Konstitutsiyaviy sud sudyalari o`z faoliyatlarida mustaqildirlar va faqat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bo`ysunadilar.


109-modda. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) O`zbekiston Respublikasi qonunlarining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O`zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari O`zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi; 
3) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
4) O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko`rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e`lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qat`iy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat ko`rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.


110-modda. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma`muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat`iy va O`zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog`iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.


111-modda. Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o`rtasidagi, shuningdek tadbirkorlar o`rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo`jalik nizolarini hal etish Oliy xo`jalik sudi va xo`jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.


112-modda. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo`ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yol qo`yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo`lishi mumkin emas.
Sudyalar  siyosiy partiyalarning a`zosi bo`lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to`lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shugullanishi  mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko`rsatilgan asoslar bo`lgandagina ozod etilishi mumkin.


113-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko`riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo`l qo`yiladi.

114-modda. Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.


115-modda. O`zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o`zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi kopchilik aholi so`zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to`la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so`zlash huquqi taminlanadi.


116-modda. Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta`minlanadi. 
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko`rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.
 
XXIII  bob
 
Saylov tizimi
 
117-modda. O`zbekiston Respublikasining fuqarolari  davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda  dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va  to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining o`n sakkiz  yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati azolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik  organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yoli bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita cheklashga yo`l qo`yilmaydi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o`zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo`lishi mumkin emas.
Saylov o`tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
 
XXIV  bob
 
Prokuratura
 
118-modda. O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo`ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.


119-modda. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining prokurori O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O`zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati  besh yil.


120-modda. O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysunib amalga oshiradilar.
Prokurorlar o`z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko`zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a`zolikni to`xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko`rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
121-modda. O`zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo`yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy, kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo`linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko`rsatishi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko`rsatishlari mumkin.
 
 
XXV bob
 
Moliya va kredit
 
122-modda. O`zbekiston Respublikasi o`z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O`zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat.


123-modda. O`zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.


124-modda. O`zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi.
 
XXVI bob
 
Mudofaa va xavfsizlik
 
125-modda. O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O`zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.


126-modda. O`zbekiston Respublikasi o`z xavfsizligini ta`minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.
